Print

Kasaba uyushma qo'mitasi faoliyati

Kasaba uyushma qo'mitasi - ko'ngilli jamoat tashkildoti bo'lib, ham ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o'z a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlar himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog'langan mehnatkashlarni birlashtiradi.

Kasaba uyushma qo'mitasi faoliyati

Abu rayhon Beruniy nomli Toshkent Davlat Texnika Universitetida professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlar kasaba uyushma qo'mitasi tarkibida 5 ta fakultetlar, kutubxona, boshqarma, akademik litsey va talabalar turar joylari jami bo'lib 9 boshlang'ich tashkilotlari mavjud. Ularda 1662 ta kasaba uyushma a'zolari faoliyat olib boradi.

Kasaba uyushma qo'mitasida 5 ta doimiy komissiya (tashkiliy va maishiy ishlar bo'yicha, o'quv ishlari bo'yicha, ma'naviy-ma'rifiy va sport ishlar bo'yicha, mehnatni muxofaza qilish bo'yicha, ijtimoiy sug'urta va sog'lomlashtirish) faoliyat olib boradi. Kasaba uyushma qo'mitasi har yilga tuzilgan ish rejasi va ma'muriyat bilan kasaba uyushma qo'mitasi o'rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi asosida o'z faoliyatini olib boradi.

Har oyda reja asosida qo'mita a'zolar va rayosat majlisini o'tkazilib turiladi. Bu majlislarda professor-o'qituvchi va ijtimoiy himoya qilish, sog'lomlashtirish, sport ishlarini olib borish, ovqatlanish shaxobchalarini muhokama qilish har xil bayram tadbirlariga tayyorgarlik qilish va uni o'tkazish, bolalar oromgohi mavsumiga xodimlar farzandlariga yozgi ta'til vaqtida dam olishlari, hamda yangi yil archa bayramlariga, professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoya qilish va sog'lomlashtirish borasida sanatoriya va dam olish maskanlariga yo'llanmalar tarqatish masalalari ko'riladi.