Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakultetida 2017 yilning 19 dekabr kuni “Diniy ekstremizm va terrorizm” mavzusi asosida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi .

Tadbirni Mexanika fakulteti dekani D.M.Berdiev kirish so'zi bilan ochib berdi.
 
Talabalarga bugungi tadbir mavzusini aytib o'tib, so'z navbati Mexanika fakultetiga tashrif buyurgan Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi Isomiddin Haydarovga berildi.
Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi Isomiddin Haydarov, “Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo'xtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish vazifasi hamon dolzarb bo'lib qolmoqda” degan iborani keltirdi. U o'z nutqida Islom dini niqobi ostida paydo bo'lgan diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash, nafaqat jismoniy balki ma'naviy jihatdan kurashning tub mohiyatiga etish, giyohvand moddalarni iste'mol qilishni oldini olish va ularning turli salbiyoqibatlari haqida talaba-yoshlarga tushuntirib o'tdi.
Diniy ekstremizm, terrozim va giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to'g'risida talabalarga hayotiy-misollar bilan tushuntirib, bundan tegishli hulosa chiqarib olishlarini so'radi.
So'ngra talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so'ngida Mexanika fakulteti dekani D.Berdiev, bugungi tadbirni o'tkazishda o'z vaqtini ayamasdan tashrif buyurgan Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi Isomiddin Haydarovga tashakkur bildirib, ularning ishlariga muvaffaqiyat tilab, tadbirda ishtirok etgan guruh murabbiylari va talabalarga minnatdorchilik bildirib tadbirni yakunladi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper