Kichik biznesni investitsiyalashtirish samaradorligini oshirish

 

 

2017 yil 5 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "Kichik biznesni investitsiyalashtirish samaradorligini oshirish" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Anjuman doirasida o'tkazilgan konfrensiyada yalpi va sho'baviy majlislar o'tkazildi. Yalpi majlisda;

1. Abdulqosimov X.P. (M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti professori, i.f.d) Iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining tutgan o'rni
2. Karimova A. A. (O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Olmazor tuman bo'limi raxbari) Mamlakatimizda yosh tadbirkorlarga yaratilgan qulay biznes muhiti va undagi imkoniyatlar
3. Mahkamova M. A. (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri, professor i.f.d.) 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni roli
4. Safayev S.A. (CIAR-CRUP auditor kompaniya raxbari) Kichik biznesni rivojlantirishda auditning roli 5. Muratova Sh.N. (Oliy harbiy bojxona instituti, Tovarlarni sinflash va sertifikatsiyalash kafedra o'qituvchisi) Iqtisodiy rivojlanishning ekologik xavfsizlik masalalarini hal etishda investitsiyalash va tadbirkorlik faoliyatining roli
6. Karimova Sh.J. (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, talabasi) Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojida xorijiy investitsiyalarning samaradorligi nomli mavzulari bilan ishtirok etdi.

1-sho'ba i.f.d. professor M.L. Tursunxodjayev raisligi, i.f.n. dotsent S.N. Hashimova hamraisligida "Iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining tutgan o'rni" mavzusidagi ishini ToshDTU bosh binosi 624-xonada 13-00 boshladi. Sho'ba ishi yakunida eng yaxshi ma'ruza va faol ishtirokchilar taqdirlandilar.

2-sho'ba i.f.n. dotsent Xashimova N.A. raisligi, i.f.n. dotsent Ishakov A.K. hamraisligida "O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarning jalb etilishi va ularni moliyalashtirish samaradorligi" mavzusidagi ishini ToshDTU bosh binosi 617-xonada 13-00 boshladi. Sho'ba ishi yakunida eng yaxshi ma'ruza va faol ishtirokchilar taqdirlandilar.
Anjuman ishining yakunida Sho'ba raislarining hisobotlari eshitildi. Anjuman ishida faol ishtirokchilari taqdirlandi. Anjumanga tayyorlangan ilmiy tezislar chop ettirishga tayyorlandi.

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper