Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakui’tetida 2017 yil 1 may kuni "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi Vasiliy Xakimovich Ganiyev, Toshkent Davlat sirki artisti Akmal Abdullayev, "O’zbekiston tarixi" kafedrasi katta o’qituvchisi Ra’noxon Yuldashevalar ishtirokida "Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat" shiori ostida tadbir  o’tkazildi.

Tadbirda xotira muqaddas tuyg’u ekanligi, yurt tinchligi, uning farovonligi uchun xar birimiz mas’ul ekanligimiz, o’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash-biz farzandlarning burchi ekanligi’, Qaxramonlik, burch va fidoiylik singari tuyg’ular qalbimizda doimo jo bo’lishi lozimligi haqida fikrlar bildirildi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper