O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qaroriga o'zgartishlar kiritish to'g’risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 14-son, 218-modda)

 Harbiy qismlar qo'mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo'lgan, O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko'rgan abiturientlar mehnatini rag’batlantirish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 yil, № 22, 242- modda) 1-bandining birinchi  va ikkinchi hatboshilari  quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1. 2017/2018 o'quv yilidan boshlab shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan, harbiy qismlar qo'mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo'lgan fuqarolar barcha yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko'ra to'plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo'shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo'ladilar».

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYЕV

Toshkent sh.,

2017 yil 4 aprel,

PQ-2867-son

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper