Yirik mutafakkirlarning hayoti va ijodi

14.02.2018


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "Mashinasozlik" fakultetida "O'zbekiston tarixi" kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda "Alisher Navoiy hamda Zaxriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan" ma’naviy-marifiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Uchrashuvda J.E.Safarov-Mashinasozlik fakulteti dekani, B.I.Ibragimov-Mashinasozlik fakulteti dekan muovini,X.Maqsudova-"O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi, R.Yuldasheva-"O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi, N.Umarova-"O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi, B.B.Qurbonov-Mashinasozlik fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda Mashinasozlik fakultetining 120 nafar talabalari qatnashishdi.

  

O'rta asr Sharq madaniyati, adabi­yoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Zaxiriddin Muhammad Boburning 14 fevral tavallud topgan kuni munosabati bilan Respublikamizda turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etil­gan»), «Xatti Boburiy», «Xarb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga mu­nosib hissa qo'shgan yirik mutafakkirlardandir. 

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper