Nazmiy satrlarda hayot sabog'i

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "Tillar (o'zbek va rus)” kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag'ishlangan "Nazmiy satrlarda hayot sabog'i" mavzusidagi  ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'tkazilgan tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.M.Turabdjanov, Respublika ma'naviyat-ma'rifat bo'limi hodimi T.Mamatqobilov, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy hodimi, f.f.d. M.Asadov, O'zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari X.Xusanova, X.Toshpo'latov, M.Muxtorova, Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'yicha prorektor N.Zikrillayev, Elektronika va avtomtika fakulteti dekani X.Zikrillayev, Ijtimoiy-gumanitar fanlar markazi rahbari M.Maxkamova, "Tillar (o'zbek va rus)" kafedrasi mudiri N.Z.Umarova, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi T.Muxtorova, Muhandislik texnologiyalari fakulteti dekani muovini S.Yuldashov, ARM xodimlari, "Tillar (o'zbek va rus)" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda 150 nafar talabalar qatnashishdi.

 

Tadbirda O'zbek millatining faxri va iftixori bo'lmish, buyuk donishmand, alloma, davlat arbobi, o'zbek tiliga asos solgan so'z ustasi, she'riyat osmonining porloq quyoshi Alisher Navoiy tavalludiga 577 yil to'lganligi, uning ijodiy merosi yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida ulkan ahamiyatga ega ekanligini haqida aytib o'tildi. Mavzuga doir sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlar bo'lib otdi. 

 

Tadbir so'ngida Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov tadbirda faol qatnashgan talabalarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar. 

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper