Universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Quchlari tashkil etilganligining 26 yilligi xamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Quchlari tashkil etilganligining 26 yilligi xamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

            Mamlakatimiz 26 yil mobaynida bosib o‘tgan murakkab yuliga nazar tashlar ekanmiz, o‘z vaqtida qabul qilingan va chuqur o‘ylangan islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida O‘zbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan, yaxshi ta’minlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning havfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega bo‘ldi. Mamlakatimizning zamonaviy Qurolli Kuchlarini tashkil etishda harbiy qurilish sohasiga prinsipial jihatdan yangicha yondashuvning xorijiy davlatlarning tajriba va yutuqlarini amaliy jixatdan puxta o‘zlashtirishga asoslangani ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘ldi.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovich aytib o‘tganlaridek :

             “Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam  mardlik, fidoyilik, xaqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, xech shubxasiz shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir.”

            Bugun biz, milliy armiyamiz tarixiy va milliy an’analarimizni saqgagan holda, harbiy qurilish va harbiy san’at sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirib, chegaralarimiz havfsizligini ta’minlashning ishonchli kafolatiga aylandi, deb gurur bilan ayta olamiz. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi bo‘lgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o‘z muqaddas harbiy burchini bajarish yo‘lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni ko‘ramiz va ular bilan haqiqiy ravishda faxrlanamiz.

Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimiz birinchi navbatda mamlakatimizning davlat suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga qaratilganini yana bir bor ta’kidlab o‘tish darkor.

            14 yanvar munosabati bilan  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan tadbir o‘zining sharafli, olijanob va mas’uliyatli burchini - Vatanni himoya qilishdek buyuk vazifani munosib ado etayotgan universitetimiz harbiy kafedrasi ofitserlari va kursantlari uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi.

Ko‘taringki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Turabdjanov Sadriddin Maxammattdinovich barcha ofetser va kursantlarni bayram munosabati bilan muborakbod etdilar hamda yangi  2018 yil “Faol tadbirkorlik, innivatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” yilida barcha ofitserlarga va kursant talabalarga Vatanga sadoqat bilan hizmat qilishda va o‘qish davomida mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat va katta muvaffaqiyatlar, xonadonlariga baxt va farovonlik tiladilar.

Shu qatorda tadbirda mexmon sifatida O‘zbekiston xalq artistlari ham ishtirok etishdi. Mard va jasur o‘g‘lonlar vatanimiz qalqonlarini bayram munosabati bilan butun O‘zbekiston halqi nomidan muborakbod etishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida bir qator ofitser va hizmatchchilar ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun universitet rahbariyatining maxsus tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi. O‘quv yili davomida o‘zining faolligi, bilimi va xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelgan hamda harbiy vatanparvarlik o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy kafedra kursantlari maxsus sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdilanishdi. Universitet talaba qizlarining chiqishlari hamda talabalardan tashkil topgan kvartet o‘z jonli qo‘shiqlari bilan tadbirni ko‘taringki ruhda o‘tishini ta’minladi.

Tadbirga taklif etilgan “Turon” klubi hamda universitet talabalaridan tashkil topgan “JASORAT” klublarining harbiy vatanparvarlik chiqishlari ham tadbir ishtirokchilarida yorqin taasurot qoldirdi. Harbiy kafedra ofitserlari hamda kursanlarining harbiy saf tortib habir vatanparvarlik qo‘shiqlari ostida marsh qilishlari tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.

Tadbir so‘ngida mehmonlar va tomoshabinlarga O‘zbekiston qurolli kuchlarining harbiy texnikalari namoyishi bo‘lib o‘tdi va bayram uchun o‘zbek palovi tortildi.  Ko‘taringki ruhda yakunlangan ushbu tadbir barcha talabalar hayotida uchmas hotira bo‘lib qoladi degan umiddamiz.

Ona yurtim O‘ZBEKISTONIM

Poylaringga sadqa bu jonim

Dunyolar ichra bir dunyo

O‘hshashi yoq chamanistonim

 

Yuragimda bir orzu havas

Senga sodiq farzand bo‘lsam bas.

 

Hurmat bilan,

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Yoshlar yetakchisi

 

Mirdodojon Babaev Sharofzoda

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper