Elektronika va avtomatika fakultetida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi .

Elektronika va avtomatika fakulteti dekani X.F. Zikrillaev, TDTU harbiy kafedrasi podpolkovnigi A.A. Mirzaqulov, Elektronika va avtomatika fakulteti dekan muovini A.A. Ergashev, “Tillar (o'zbek va rus)” kafedrasi mudiri N.Z. Umarova, kafedra professor-o'qituvchilari va 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakulteti dekani X.F. Zikrillaev kirish so'zi bilan ochib barchani kirib kelayotgan bayram ya'ni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Hozirgi kunda O'zbekiston Ruspublikasi Quroli kuchlari tashkil etilganiga 26 yil bo'ldi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Vatan himoyachilarini bayram bilan tabrikladilar. Bu qutlug' sana mamlakatimizda Vatanparvarlik, Ona yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni, xalqimizga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga xos bo'lgan yuksak fuqarolik fazilatlarini o'zida mujassam etadigan tom ma'nodagi umumxalq bayramiga aylandi.
Hozirgi kunda dunyoda oldindan aytish qiyin bo'lgan vaziyat hukm surayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta'minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglagan holda, biz 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Haraqatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilanganligini aytib o'tdi.
Keyingi so'z navbati Elektronika va avtomatika fakulteti dekan muvuovini A.A.Ergashevga berildi. U o'z so'zida davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Barchamiz bir fikrni yaxshi anglab olishimiz kerak: el-yurtimizning tinchligini ta'minlash maqsadida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va xalqning birdamligiga bog'liq”. O'zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini aytdi.

Shundan so'ng tadbirni yakunlash uchun so'z navbati “Tillar (o'zbek va rus)” kafedrasi mudiri N.Z. Umarovaga berildi. U o'z so'zida Bosh Qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyamizda mustaqilligimiz va tinchligimizni saqlash va himoya qilish masalalariga bag'ishlargan “Mudofaa va xavfsizlik” bobining 125-moddasida: “O'zbekiston Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikamizning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi”, deb yozib qo'yilgan.
Toshkent davlat texnika universiteti talabalari ham jismonan sog'lom, ma'nan etuk bo'lib, o'z o'qishlarida erishadigan yutuqlari, tarbiyalari bilan barchaga o'rnak bo'lishlari hamda kelajakda etuk mutaxassis bo'lib Vatanimiz rivojiga o'z hissalarini qo'shishlari lozimligini aytib o'tdi. Tadbir qatnashchilari, mehmonlar va talabalarni qutlug' sana bilan tabriklab, Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan she'riy misralar bilan o'z so'zini yakunladi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper