Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Mashinasozlik fakultetiga qarashli 55-TTJ da yashovchi talabalar o'rtasida “Yosh kitobxon “ ko’rik –tanlovi va “Zakovat intellektual to'garagi” ichidagi “Zakovat” turniri bo'lib o'tdi .

55-talabalar turar joyida bo'lib o'tgan Zakovat intellektual turnirida 7 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoada 6 tadan ishtirokchi qatnashdi. Musoboqa qiziqarli va baxs munozaraga boy bo'ldi, 9 ta turdan iborat bo'lgan ushbu mavsum o'z nixoyasiga etdi.
Turnirda talabalar o'z bilim salohiyatlarini namoyish etishdi.
Tadbirda Mashinasozlik fakulteti dekani J.E Safarov , 55-TTJ tarbiyachi-pedagogi , Q.B Turdiev Navbatchi o'qituvchi, YeUTT kafedrasi o'qituvchi B.Pirimqulov , TTJ talabalar kengashi raisi T. Boqiev , “Yoshlar ittifoqi” fakul'tet etakchisi B. Qurbonov ,55-TTJ da yashovchi talabalar 45 nafar qatnashdilar .

Kun tartibida asosan :
1. Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog tomonidan tashkil qilingan talabalarni darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqizishlari uchun to'garak ichida o'tqizilgan Zakovat turniri haqida.
2. Tadbirdan ko'zlangan maqsad talabalarni qishgi ta'tilga ketishlari oldidan ularni qilgan mehnatlarini samarali baxolash .
Qatnashgan jamoalar : Armada .Maksimum .Evrika .Everest ,Dream Team ,General ,Talaba.
Umumiy natijalar bo'yicha I-o'rinni ”Everest” jamoasi egallagan bo'lsa, 2- o'rinni “Dream Team” jamoasi egalladi. Qolgan jamoalar ham juda faol ishtirok etishdi, tugallangan 1-mavsum bo'yicha taqdirlash marosimi o'tkazildi. G'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi, shu jumladan qolgan jamoalarga esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar fakul'tet raxbariyati va ttj tarbiyachi pedagogi tomonidan taqdim etildi.Tadbir juda ajoyib va ko'taringi ruhda o'tkazildi bu esa talabalarni yanada ko'proq bilim olishi va intilishlariga kuch qo'shdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

 
"Yosh kitobxon "tanlovi haqida :
” Yosh kitobxon “ Nizomi :
1.Tanlov ijtimoiy-siyosiy , ma’naviy-ma’rifiy va badiiy kitoblar hamda gazeta va jurnallar asosida tashkil etiladi.
2.Tanlov boshlangandan so’ng qatnashuvchilar ovoz berish yo’li bilan kitobni tanlaydilar.
3.1-o’yindan 2-o’yingacha bo’lgan muddat 10-15 kuni tashkil etadi.
4.Berilgan asar bo’yicha savollar tuziladi , savollar to’garak sardori tomonidan 15 tadan 20 tagacha tuziladi. Savol-javob yozma tarzda olib boriladi . Javob berish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi . O’yin so’nggida appelyatsiya o’tkaziladi.
5.Tanlov hakamlar hayati tomonidan kuzatib boriladi.
Ko’rik tanlov tashkilotchisi va sardori :
55-TTJ tarbiyachi-pedagogi Q.Turdiyev
To’garak sardori : I.Abdug’afforov
“Zukko kitobxon” ko’rik –tanlovi 5 ta tur bo’yicha o’tkazildi.Ushbu ko’rik tanlovda “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch “ , “Alkimyogar”, “O’tgan kunlar” “Mehrobdan chayon” , “Odam bo’lish qiyin” asarlari qatnashchilar o’rtasida mutolaa qilindi. 15 ta talaba ushbu ko’rik tanlovda qatnashdilar . 5 ta tur bo’yicha natijalar : 1-o’rin Nurmatov Dilshod ,2-o’rin Muhiddinov Shahzod , 3-o’rin Bozoraliev Shohjahon . Ushbu talabalar diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper