Universitetimizda Mexanika va Mashinasozlik fakultetlari "Yoshlar ittifoqi" faol talaba-yoshlari o'rtasida sportning "minifutbol" turi bo'yicha 2017-yilning 12-dekabr kuni "Yoshlar kubogi" musoboqasi bo'lib o'tdi.

“Mexanika” va “Mashinasozlik” fakulteti “Yoshlar ittifoqi” etakchilari O.Yorqinov va B.Qurbonov guruhlararo o'tkazilgan futbol musobaqasi bo'yicha barcha ishtirokchilarga o'tkazilgan musobaqani Nizom asosida o'tkazilishi to'g'risida o'z fikrlarini bildirdi.
 
“Yoshlar ittifoqi” etakchisi M. Babaev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston “Yoshlar ittifoqi” faoliyatini qo'llab quvvatlash to'g'risidagi PF-5106 sonli farmonining ijrosini ta'minlash yuzasidan 2017 yil 12 dekabr kuni “Mexanika” va “Mashinasozlik” fakultetlari guruhlari o'rtasida sportning “mini-futbol” turi bo'yicha “Yoshlar kubogi” tashkil qilindi. O'zbekiston Futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda mana bir necha yildirki oliy ta'lim muassasalari talabari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha "Yoshlar kubogi" an'anaviy Fakultetlar musobaqasi o'tkazilib kelinmoqda. Musobaqaning birinchi bosqichi Oliy ta'lim muassasasi fakultet guruhlari o'rtasida tashkil qilinsa, ikkinchi bosqichi esa Oliy ta'lim muassasasi fakultet jamoalari o'rtasida o'tkaziladi.
Universitetimiz “Yoshlar ittifoqi” tomonidan ham sportga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, talabalar o'rtasida qator musobaqalar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri sportning futbol turi bo'yicha “Yoshlar kubogi” Universitet bosqichi uchun guruhlar o'rtasida saralash o'yinlarini o'tkazilishi ma'lum qilindi. Musobaqa o'tkazishdan maqsad fakultet talaba-yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini faol targ'ib etish, farzandlarimizni barkamol avlod etib tarbiyalash, sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, yoshlarning o'zaro madaniy-sport aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida o'tkaziladi.Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M. Atamuratov so'zga chiqib o'tkazilgan futbol musobaqasi bo'yicha o'zining fikrlarini bildirib, o'tgan yilga nisbatan ancha o'zgarish borligini hamda talaba-yoshlarni qiziqishi ortganligini aytib o'tdi hamda jamoalarga omad tilab qoldi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper