Universitetimizning Mexanika fakultetida 2017 yilning 14 dekabr kuni “Ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” mavzusiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.A. Alimov kirish so'zi bilan ochib berdi.Talabalarga bugungi tadbir mavzusini aytib o'tib, so'z navbatini Mexanika fakultetiga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi harbiy prokuratura mayori Ashrapov Sobirjon Xomroqulovichga berildi.
 S.X. Ashrapov korruptsiya bugungi kunda deyarli dunyoning barcha davlatlarini bezovta qilayotgan huquqbuzarlik turi hisoblanadi. Shu bois korruptsiya umuminsoniy illat deb e'tirof etilganligini aytib o'tdi. Korruptsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb muammosi bo'lib qolayotganligini, unga qarshi jiddiy va keskin kurash olib borish zarurligini vaziyat taqozo etmoqda, ayniqsa ta'lim sohasida ta'magirlik va korruptsiyaning oldini olish bo'yicha jiddiy chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani haqida aytib o'tdi. Shu bilan birga ta'lim muassasalarida korruptsiyaning yuzaga kelish sabablari, omillari va oqibatlari haqida ma'lumot berib o'tdi. Ta'lim sohasida korruptsiyaning kelib chiqishi eng avvalo talabalarning ta'lim jarayonida sust ishtirok etishidan vujudga kelishini alohida ta'kidlab o'tdi. Korruptsiyaga qarshi kurashishda nafaqat mansabdor shaxslar, professor-o'qituvchilar balki talabalar ham faollik ko'rsatishi talab etiladi. Ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, deya so'zni yakunladi.
Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir so'ngida Mexanika fakulteti dekani D.Berdiev, bugungi tadbirni o'tkazishda o'z vaqtini ayamasdan tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi harbiy prokuratura mayori Ashrapov Sobirjon Xomroqulovichga hamda Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Alimov Anvar Akbarovichga tashakkur bildirib, ularning ishlariga muvaffaqiyat tilab, tadbirda ishtirok etgan guruh murabbiylari va talabalarga minnatdorchilik bildirib tadbirni yakunladi.
 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper