Universitetimizning Mashinasozlik fakultetida "Ta'lim muassasalarida korrupsiya oldini olish va unga qarshi kurashishning ma'naviy va ma'rifiy asoslari" mavzusiga bag'ishlangan ma'naviy ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirni Mashinasozlik fakul'teti ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan muovini B.I. Ibragimov so'zga chiqib O'zbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi
tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirishga, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda deb ta'kidlab o'tdi.

Ma'lumki “Korruptsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so'zidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma'nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma'nosi yana “korroziya” so'zi ya'ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu so'zni ijtimoiy ko'rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma'noni bildiradi. Korruptsiya - pora olish (o'ziga og'dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo'lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o'z mansab vazifasidan yoki shunga o'xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek o'zi yoxud o'zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo'lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.

Mansabdor yoki mansabdor bo'lmagan shaxslar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan xatti-harakatlar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkaziladi. Korruptsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo'lish yoki to'g'ridan-to'g'ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Umuman olganda, korruptsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - o'tish davridagi qiyinchilik; - ijro etish tizimining yomonlashuvi; - huquqiy nigilizm; - jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati; - iqtisodiy aspektlar; Qonunchilik tahlili korruptsiya bilan bog'liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko'proq O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o'z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin: O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining “Korruptsiya bilan bog'liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi quyidagi moddalar:
1. O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish (167-modda);
2. Soxta tadbirkorlik (179-modda);
3. Soxta bankrotlik (180-modda);
4. Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda);
5. Soliqlar yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash (184-modda);
6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish (205-modda);
7. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda);
8. Mansab soxtakorligi (209-modda);
9. Pora olish (210-modda);
10. Pora berish (211-modda);
11. Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda);
12. Tovlamachilik yo'li bilan haq - berishni talab qilish (214-modda)
13. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda);
14. Kontrabanda (246-modda)

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper