Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ilk bor “Xotin-qizlarning salohiyatini yuksaltirish – davr talabi” mavzuida amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki va rolini mustahamlash, xuquq va erkinliklarini ta'minlash, ular salomatligini

ta'minlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Jamiyatni yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi ko'p jihatdan xotin-qizlarning ishtirokiga ham bog'liq. Xozirda zamonaviy rivojlanish yo'lini shubhasiz, ilm-fan taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbekiston xotin-qizlari bu borada o'zlarining salohiyat egasi ekanliklarini to'liq namoyon etmoqdalar. 12 dekabr 2017 yili Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ilk bor “Xotin-qizlarning salohiyatini yuksaltirish – davr talabi” mavzuida amaliy seminar bo'lib o'tdi.

 

Mazkur seminarda universitetning olima ayollari, bular jumlasidan 8ta fan doktor professorlar, 57 fan nomzodlari, dotsentlar, mustaqil tadqiqotchi, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) xamda iqtidorli talaba qizlar ishtirok etdilar. Seminar mexmonlari sifatida O'zbekiston “Olima” xotin-qizlar uyushmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor R.H. Murtazaeva, Toshkent shahar “Olima” xotin-qizlar uyushmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor M.A.Nurmatova, O'zRFA akademiki, O'zR xizmat ko'rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor M.E. Mavloniylar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib mustaqil yurtimizning yanada gullab-yashnashi, kelajagimiz bo'lgan barkamol avlod talim-tarbiyasi, inson salomatligini asrash, umuman Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi turli jabhalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning o'rni yuksaltirish borasida o'z fikir muloxazalarini bildirdilar.

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta'minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do'stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shib kelayotgan Universitetimizning Ijtimoiy gumanitar markaz raxbari iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamlakat Abdukadirovna Maxkamova va “O'zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori professor Xolikova Raxbar Ergashevnalar «O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Xozirda olima ayollarimiz nafakat respublikamiz balki dunyo miqyosida xam o'zlarining ilmiy ishlarining natijalari bilan tanilib kelmoqdalar. Bular jumlasidan yosh olima ayol ToshDTU “O'zbekiston-Yaponiya innovatsiya markazi” direktor o'rinbosari PhD Kadrova Zuxra Chingizovnaning “Web of science awards 2017” taqdimotida “SCIENSE LEADER” xalqaro sovrini bilan taqdirlandi.

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper