Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakul'tetida “ 9 dekabr' – Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “ Ochiq eshiklar kuni”ga bag'ishlangan ma'naviy ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirni Mashinasozlik fakul'teti dekani dekani t.f.d. J.E.Safarov ochib berdi. Har bir qonun yaxshilikni ko'zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi deb aytib o'tdi. Qonunlar o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo'ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 2017 yil 3 yanvar' kuni Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev tomonidan imzolangan
«Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu qonun 6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me'yorlar belgilangan deb talabalarga tushuntirib o'tdi. So'ng so'z navbatini Yoshlik” Talabalar shaharchasi IIB boshlig'i Sh.G.Mirzajonovga berdi.

U o'z so'zida korruptsiya nima? Bu haqda hammaning o'ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta deb, unga izoh berib o'tdi. Qonunda unga shunday ta'rif berilgan: «korruptsiya — shaxs¬ning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o'zga shaxs¬larning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo'yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo'yilgan deb , ta'kidladi.Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o'rganib,hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korruptsiya balosining naqadar mud¬hish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir deb yoshlarga tushuntirdi.Dunyoda korruptsiyaning turi ham, tavsifi ham juda ko'p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo'llarini topish bo'yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o'tkazilgan deb aytib o'tdi. Turli ko'rsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o'ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korruptsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan deb talabalarga tushuntirib berdi.Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korruptsiyaga qarshi o'ziga xos usullarda kurashmoqda deb ta'kidladi.

Bugngi kunda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarini yanada jadal rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qonunlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning qaror va farmonlari ana shu ezgu maqsadga qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning ko'plab davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimini bekor qilish yoki sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta'minlash yoxud tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik to'siq va g'ovlarni yo'q qilish haqidagi hamda boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yo'lini ochishga,O'zbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda deb ta'kidlab o'z so'zini tugatdi.Tadbir so'ngida “9-dekabr' – Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlar aholining xususan yoshlarning orasiga kirib borib, xalq bilan muloqotning samarali usul va vositalaridan amaliyotda oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda. Va o'z nomi bilan jamiyat hayotiga soya sloayotgan illatlarga qarshi kurashish, kamchilik va muammolarni bartaraf etish, barcha ezgu maqsadlarning asosi bo'lgan yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga qaratilmoqda deb o'z so'zini tugatdi. Shundan so'ng tadbirga tashrif buyurgan soha mutaxasislari tomonidan talaba yoshlarning barcha savollariga dalil hamda misollar bilan to'liq javob berildi. Mashinasozlik fakul'teti dekan muovini B.I.Ibragimov barcha tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda tadbirni yakunladi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper