Qadrli ustozimiz Azmiddin Sadriddinov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi .

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev farmonlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26-yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligni
mustahkamlashga katta hissa qo'shgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda fidoyilik ko'rsatgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Toshkentda Xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Davlatimiz Rahbari yig'ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo'lgani munosabati bilan samimiy qutladi.

Ular orqali barcha vatandoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabulqilinganining 25 –yilligi bilan muborakbod etdi. Oramizda shunday insonlar borki, ular qalbida Vatanni sevish hissi yanada chuqur aks etgan. Bunday odamlar yurt g'amini eb, el-dardi tashvishi bilan yashaydi.Ular xoh o'qituvchi, xoh shifokor,xoh oddiy ishchi, xoh ijodkor bo'lsin betinim mehnat qilmoqda, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida bor kuchi, iqtidorini sarflamoqda.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirlayotgan taraqqiyotning yangi bosqichida bunday insonlar safi yanada kengaymoqda. Tadbirda so'zga chiqqanlar Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g'oyani rivojlantirish, ma'naviyatimizni kuchaytirish, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida sog'lom va barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz barchamiz uchun ibrat ekanligi aytib o'tildi.

 

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi qadrli ustozimiz Azmiddin Sadriddinovning xonadoniga borib Mashinasozlik fakulteti ma'muriyati nomidan muborakbod etib ustozimizga ilm fan sohasidagi ishlariga ulkan muvafaqiyat va uzoq umr tilab keldik. Davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlangan ustozlarimizga havas qilib talaba yoshlar yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm sirlarini egallab, Vatanimizga xizmat qilishni sharafli burch deb biladilar.

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper