Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Muxandislik texnologiyalari fakultetiga qarashli 57-Talabalar turar joyida SHAROF RASHIDOV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG'IShLANGAN ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti ULUG'BEK XAYITOV, universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i MURAT ATAMURATOV, Muxandislik texnologiyalari fakulteti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini YO'LDOShYEV SOBIR FAYZULLAYEVICh
, 57-talabalar turar joyi tarbiyasi pedagogi SALIMJON XUJAMBYERDIYeV, 57-talabalar turar joyi bino boshlig'i NABIYEVA RAYXON UZOQOVNA, Madaniyat kolleji Yoshlar ittifoqi etakchisi XUSNIDDIN BAXSHI hamda 120 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
O'tkazilgan tadbirni universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i MURAT ATAMURATOV kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng so'zni O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti ULUG'BEK XAYITOVga berdi.O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti ULUG'BEK XAYITOV, so'zga chiqib, talaba yoshlarga O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to'g'risida”gi qarorining mazmunini talaba-yoshlarga tushuntirib o'tdi. Ushbu qaror atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug'lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilinganligi, xususan, Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilishi va u erda uning xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali qurilishi, shuningdek, yosh avlodni Sharof Rashidovning hayoti bilan yaqindan tanishtirish uchun Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etilishi va muzey hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi buning yaqqol dalilidir.Undan tashqari Sharof Rashidov nomi bilan bog'liq bir necha yozma adabiyotlar chop etildi. Ular orasida davlat arbobi asarlaridan “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etildiShuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratilgnligi to'g'risida talaba-yoshlarga so'zlab o'z so'zini yakunladi.
Navbat Madaniyat kolleji Yoshlar ittifoqi etakchisi XUSNIDDIN BAXSHI ga berildi. U o'zining baxshichilik sanatini talaba-yoshlarga namoyon qilib bir nechta termalarida ijro etdi. Tadbir so'ngida Muxandislik texnologiyalari fakulteti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini SOBIR YO'LDOShOV barcha kelgan mexmonlarga universitet raxbariyati va fakultet dekanati tomonidan minnatdorchilik bildirdi va tadbirni yakunladi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper