Universitetimizda “17 noyabr – talabalar kuni” ga bag'ishlangan “Talabalik – oltin davrim” nomidagi tabdir bo'lib o'tdi

Kuni kecha Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli 63 talaba-qizlar turar joyida “17 noyabr – talabalar kuni” ga bag'ishlangan “Talabalik – oltin davrim” nomlanib TTJ bino boshlig'i Boymuratova Yulduz opa,
pedagog tarbiyachi Gulomova Adibaxon, tarbiyachi o'qituvchi Shamsutdinova Vinera, TTJ talabalar kengashi raisi Azimova Gulmira va talaba-qizlar tomonidan tashkil etilgan tadbir o'tkazildi. Tadbidar Hotin – qizlar qo'mitasi raisi Muhtrova T. va umumta'lim kafedralari professor o'qituvchilari tashrif buyurishdi va aziz mehmonimiz bo'lishdi.
Tadbirda Yoshlar ittifoqi etakchisi Suvonova Umidaxon, 7 qavat sardori Rustamova Baxtigul va 9 qavat sardori Rizaeva Gulruxlar “Talabalik – oltin davrim” mavzusiga oid sherlar aytib berishdi.Mehmonlarqizlarning sher aytish mahoratlariga tan berib mamnunligini bildirishdi. Tadbir davomida 9 qavatda yashovchi Zaripova Niginabonu mahsus kiymlarda “TSiganochka” raqsini mahorat bilar ijro etib berdi. 3 qavatda yashovchi qizlarimiz “Jaydari kelin” milliy spektaklidan bir parchani mehmonlar e'tiboriga havola etishdi. Bazarova Tahmina kelin obrazini va Sanaqulova Kamola qaynona obrazini ochib berib o'z mahoratini namoyon etishdi.
Keyingi chiqishda o'z jamoalari nomini qavat sardorlari ismlari (Baxtigul va Gulzoda) bilan, yani “Baxtizoda” nomlab 7 qavatda yashovchi talaba-qizlar ushbu tadbir tadbir uchun tayyorlagan raqs va yotoqxona hayotiga bag'ishlangan kichik yumoristik ko'rinish taqdi etdilar. Tadbir davomida 63 TTJ talabalar kengashi raisi Azimova Gulmira tomodan aynan aziz mehmonlarimizning ishtiroki uchun tayyorlangan “Pantomima” uyinini taqdim etgan. O'yinda Hotin – qizlar qo'mitasi raisi Muhtrova To'tixon opa, umumta'lim kafedralari professor o'qituvchilari, 63 TTJ pedagog tarbiyachisi Gulomova Adibaxon va barcha qavat sardorlari va tegishli qavat qizlari ishtirok etdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o'tdi.
Tadbirda shuning dek 8 qavat qizlari o'zining milliy raqs chiqishini taqdim etdilar. Raqs mavzusiga oid kichik klip ham taqdim etishdi. Tadbirga mehmon bo'lib O'zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tashrif buyurib, qizlarni “17 noyabr – talabalar kuni” bilan chin qalbdan tabriklab o'z mahoratlarini o'zbek milliy, hind va arab kuy qo'shiqlarni ijro etib namoyon etishdi. Tadbir so'ngida aziz mehmonlarimiz Hotin – qizlar qo'mitasi raisi Muhtrova To'tixon opa boshchiligida talaba qizlarni yana bir bor bayram bilan tabrikulab, tadbir tashkilotchilari va faol qatnashgan qizlarga o'z minnaddorchiligini bildirib, tadbir juda jo'shqin, qiziqarli va faol o'tganini aytib tashakkurini izhor etdi.

 

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper