Universitetimizda “JASORAT” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o'zaro hamkorligini kuchaytirish chora-talbirlari dasturi”
ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yil 21 noyabr kuni soat 15:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda “VATANPARVAR FIDOYILAR” jamoasi bilan hamkorlikda “O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi”ning katta majlislar zalida “JASORAT” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbirda “VATANPARVAR FIDOYILAR” jamoasi direktori Jur'at Gulyamov, “VATANPARVAR FIDOYILAR” jamoasi badiiy rahbari “O'zbekiston Vatanim manim”, “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni”, “Yagonasan muqaddas Vatan”, ko'rik tanlovlari Oliy mukofot sovrindori, siyosiy vatanparvarlik qo'shiqlar kuychisi, zahiradagi mayor Alisher Hamraev, urush veterani Polkovnigi Soliev Murod, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Anvar Alimov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i Murat Atamuratov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchilari Jamshid Tursunov, Soyib Safarov, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar va 150 nafar talaba-yoshlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Musaffo osmon va tinch osuda zaminda unib ulg'ayayotgan yosh avlod vakillari ongida vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish yoshlarning o'z Vataniga sadoqat, xalqiga haqiqiy fidoyi shaxs bo'lib yotishishlariga ham ma'naviy – ham moddiy ko'mak berish borasida O'zbekiston “VETERAN” jangchi-fahriy va nogironlar Birlashmasi qoshida “VATANPARVAR FIDOYILAR” jamosi tuzilgan. Uchrashuv so'ngida fikr-muloxazalardan keyin, talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi.

 

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper