O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinnig 25 yilligiga bag'ishlab “Konstitutsiya iqtisodiyot va o'zbek modeli”mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.

2017 yil 17 noyabr kuni soat 14:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining O'zbekiston Yaponiya yoshlar innovatsion markazida talaba-yoshlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinnig 25 yilligiga bag'ishlab

“Konstitutsiya iqtisodiyot va o'zbek modeli”mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Xuquqiy-targ'ibot va axborotbo'limi mutaxassisi A. Berdiev, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, 3 - son nikoh uyi mudirasi G. Usmanova Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Alimov Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Atamuratov hamda barcha fakultet dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar, guruh murabbiylari va 150 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Murat Atamuratov barchani tadbir mehmonlari bilan tanishtirib o'tdi. U o'z so'zida Konstitutsiya milliy davlatchilik poydevorini barpo etish jarayonida, avvalo, uning huquqiy asoslarining mustahkamlanishi mamlakatning taraqqiyot yo'li, xalqning taqdiri va kelajagini belgilab berishini, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tub mohiyatida ana shunday maqsad mujassam va u amalda o'zining yuksak samaralarini berayotganini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turganligi, hamda bugun mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar kun sayin ortayotganini, shu bilan birga, ularning ta'lim olish, kasb egallashga bo'lgan ishtiyoqini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga zamin yaratayotganligi, bu kabi erishilayotgan yutuqlarimizning barchasi O'zbekison Respublikasi Konstitutsiyasi tufayli ekanligini aloxida ta'kidlab o'tdi.

 

 

So'z navbati Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Xuquqiy-targ'ibot va axborot bo'limi mutaxassisi Abror Berdievga berildi. A.Berdiev o'z nutqida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosi ekanligi borasida fikrlar yuritildi. Konstitutsiya ishlab chiqilishi jarayonida inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilinishi, kelajak avlod oldidiga yuksak mas'uliyatni anglagash, o'zining uzoq va shonli tarixiga ega bo'lgan o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tayanilganligi, demokratik tamoyillarga va ijtimoiy adolatga asoslanganligini fuqarolarning munosib xayot kechirishlarini ta'minlash asosiy va ustuvor vazifa sifatida belgilanganligini hamda insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ko'zlanganligi va boshqa bir qator Konstitutsiyada e'tirof etilgan masalalar xususida atroflicha so'z yuritdi. Hamda Konstitutsiyamizning dastlabki vujudga kelish jarayonlari, komissiya a'zolari, va Konstitutsiyaning yuridik belgilari va o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari to'g'risida gapirib, Asosiy qonun bugungi kunda mamlakatimizda mavjud bo'lgan 740 ta qonunning asosi ekanligi, xar bir qonun hujjatlari Konstitutsiya talablaridan kelib chiqqan holda hamda unda belgilangan konstitutsiyaviy normalarning xayotda o'z ifodasini to'la qonli topishishi ta'minlovchi hujjatlar sifatida qabul qilinishi lozimligini, Konstitutsiyaning xaqchilligi, mamlakatdagi mavjud ijtimoy muhitning talablariga to'la mos ravishda qabul qilinganligi, mamlakat xayot taqazosini o'zida ifoda etishi bilan xarakterlanishini ta'kidlab o'tdi.Tadbirda keyingi so'z navbati Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, 3 - son nikoh uyi mudirasi Usmanova Go'zalxonga berildi. Go'zalxon o'z nutqida Oila kodeksi xaqida batafsil tushunchalar berib o'tdi. Bilim olish, sport bilan shug'ullanish, kasb-hunar o'rganish, ishlash, dam olish va davolanish, chet ellarga chiqish imkoniyati Konstitutsiyamizda kafolatlangan. Yurtimizda nikoh yoshi qizlar uchun 17 yosh, yigitlar uchun esa 18 yosh deb belgilanganligini aloxida ta'kidlab o'tdi. Hozirgi kunda yosh oilalarda ajrimlar soni ko'payib borayotganini, erta turmushni oldini olish bo'yicha bir qancha ishlar qilinayotganini aytib o'tdi. Shundan so'ng tadbirga tashrif buyurgan soha mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarning barcha savollariga dalil hamda misollar yordamida to'liq javob berildi.

 

 

 

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper