SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlab tadbir o`tkazildi

Taniqli davlat arbobi, yozuvchi va shoir SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan «Halqimizning otashqalb farzandi» mavzusida «Tillar (o'zbek va rus)» kafedrasi tomonidan tadbir o`tkazildi.

 
Tadbirda EAF fakulteti dekani H.F.Zikrillaev, fakultet dekan muovini A.A.Ergashev, TDTU “TILLAR (o'zbek va rus)” kafedrasi mudiri N.Umarova, kafedra professor o'qituvchilari Z.Usmonova, N.Giyasova, SH.G`affarova, G.Pirnazarova, TDTU Ahborot resurs markazi mutahassisi A.Zaynutdinova, EAICHT kafedrasi o'qituvchisi A.O'roqov, fakultet talabalari qatnashdilar. 
So'zga chiqdilar: Elektronika va avtomatika fakultet dekani H.F.Zikrillaev tadbir ishtirokchilari, professor-o'qituvchilarni xalqimizning aziz farzandi, davlat va siyosat arbobi, yozuvchi, barchamiz uchun birdek qadrli bo'lgan inson SHarof Rashidovning tavalludining 100 yilligi bilan kutlab ushbu tadbir mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanayotganini aytib o'tdi. “Tillar (o'zbek va rus)” kafedrasi mudiri Nigora Umarova haqiqatdan ham bugun yurtimiz bo'ylab keng nishonlanayotgan tadbirning ahamiyati beqiyos ekanligi bu borada aytib o'tishimiz lozimki, SHarof Rashidov sobiq sho'rolar davrida, o'ta og`ir vaziyatlarda ham o'zining asl o'zbek o'g`loni, yurtparvar inson ekanligini namoyon qila olgan shahs sifatida o'zbek halqi tarixida o'chmas iz qoldirgan inson ekanligini ta'kidladi. “Tillar (o'zbek va rus)” kafedrasi katta o'qituvchisi Z.Usmonova SHarov Rashidov nafaqat davlat va siyosat arbobi, balki adabiyotga ihlosi baland bo'lgan ijodkor sifatda ham o'zini namoyon qilganligi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyov yodgorlikni ochilish ma'rosimidagi tadbirda ta'kidlab o'tganlaridek, SHarof Rashidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, o'zi butun borlig`i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qolganligi u o'zining betakror iste'dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, she'r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratganligini aytdi. Shuningdek tadbirda fakultet talabalari tomonidan SHarof Rashidov qalamiga mansub bo'lgan hamda o'zbek shoirlari tomonidan SHarof Rashidov hotirasiga bag`ishlangan she'rlar o'qib berildi. Tadbirda yodgorlik ochilishi ma'rosimiga bag`ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi.

 

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper