Universitetimizda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

2017 yil 15 noyabr kuni soat 13-20da 1A-ma'ruza xonasida Islom Karimov nomidagi Toshkentdavlat texnika universiteti, Muxandislik texnologiyalari fakulteti hamda O'zbekiston tarixi kafedrasi hamkorligida ShAROF RAShIDOV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG'IShLANGAN “ATOQLI DAVLAT ARBOBI VA ADIB” mavzusida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
QATNAShDILAR: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor ALIMOV ANVAR AKBAROVICh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist ShUXRAT JABBOROV, O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri XOLIQOVA RAXBAR ERGAShYEVNA, universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i MURAT ATAMURATOV, Muxandislik texnologiyalari fakulteti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini YuLDOShYEV SOBIR FAYZULLAYEVICh, O'zbekiston tarixi kafedrasi professor-o'qituvchilari dotsent ULUG'BYEK XAYITOV, dotsent MUROT INATOV, SAIDBURXON ASQARXODJAYEV, katta o'qituvchi XAKIMA MAKSUDOVA, RAVShAN TOShMURODOV, SAODAT MAHAMMADIYEVAlarhamda 120 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
SO'ZGA ChIQDI:O'tkazilgan tadbirni universitet Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i MURAT ATAMURATOV kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng so'zni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist ShUXRAT JABBOROVga berdi.
EShITILDI: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist ShUXRAT JABBOROV so'zga chiqib, talaba yoshlarga O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to'g'risida”gi qarorining mazmunini talaba-yoshlarga tushuntirib o'tdi. Ushbu qaror atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug'lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilinganligi, xususan, Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilishi va u erda uning xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali qurilishi, shuningdek, yosh avlodni Sharof Rashidovning hayoti bilan yaqindan tanishtirish uchun Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etilishi va muzey hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi buning yaqqol dalilidir.Undan tashqari Sharof Rashidov nomi bilan bog'liq bir necha yozma adabiyotlar chop etildi. Ular orasida davlat arbobi asarlaridan “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etildi.Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratilgnligi to'g'risida talaba-yoshlarga so'zlab o'z so'zini yakunladi.
EShITILDI:Muxandislik texnologiyalari fakulteti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini YO'LDOShYEV SOBIR FAYZULLAYEVICh 2017 yil 27 mart kuniO'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligininishonlash to'g'risida”gi imzolagan qarorini o'qib eshittirdi.
SO'ZGA CHIQDI:O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti ULUG'BYEK XAYITOV so'zga chiqib, Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillari Urushdan keyingi eng og'ir yillar, 1966 yilda sodir bo'lgan Toshkent zilzilasi va undan keyingi cho'lni o'zlashtirish hamda paxta maydonlarini kengaytirish yillarigi to'g'ri kelganligi, Sharof Rashidov qobiliyatli boshqaruvchilikdan tashqari o'z davrining ko'zga ko'ringan yozuvchisi ham bo'lganligi, Adibning «G'oliblar», «Bo'rondan kuchli», «Qudratli to'lqin» «Kashmir qo'shig'i» kabi asarlarida o'zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topganligi to'g'risida talaba-yoshlarga so'zlab berdi.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper