“Olima ayollar kengashi” ga saylov o‘tkazildi

2017  yil   23-oktabr  kuni  ToshDTU   Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan   “Olima  ayollar kengashi” ga  saylov o‘tkazildi.  ToshDTU “Olima ayollar kengashi”  raisiligini boshqarib kelayotgan G.Rahmonova  tomonidan  mazkur kengashda  olib  borilgan  samarali    ishlar,  erishilgan  yutuqlar  reja  asosida olib  borilgan ishlar va kelajakda qilinadigan ilmiy yo‘nalishdagi

ishlar haqida hisobot  berildi  va shogirdlari U.Ziyamuhamedovani  “Olima ayollar kengashi” raisligiga  saylashni taklif etdilar. ToshDTU  ilmiy ishlar prorektori B.Mirzaaxmedov  tomonidan  G.Rahmonovaning ishlariga yuqori baho berilib, kelajakda nima ishlar qilinishi kerakligi haqida  keng va atroflicha tushunchalar berildi.  Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Muxtorova so‘zga chiqib bugungi kunda “Olima ayollar kengashi”  faoliyatini samarali tashkillashtirish uchun qanday ishlarni amalga oshirilishi kerakligi haqida  fikr bildirdi. ToshDTU  “Murabbiylar Kengashi”  raisi  M.R.Isaeva  so‘zga chiqib  “Olima  ayollar kengashi”ga raislik  vazifasini olib borishni yosh olima texnika fanlari doktori  U.Ziyamuhamedovaga ovoz berishlikni taklif etdi. Universitet “Olima ayollar kengashi”  a’zolari bu taklifni bir ovozdan  ma’qulladilar   va  Umida Ziyamuhamedovaga  ishonch bildirib, kelgasi ishlarida katta muvofaqqiyatlar tiladilar.

Contact us

2, Universty street, Tashkent, 100095, Uzbekistan

 Phone: +998712464600

Fax: +998712271032

E-mail: tstu_info@tdtu.uz

JoomShaper