ABITURIYENTLARNI HUJJATLARNI TO'PLAMINI QAYTARIB OLISH UCHUN ELEKTRON ARIZA BERISH

Print

 

 Oliy o'quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to'plamini imtihon natijalari e'lon qilingandan so'ng qaytarib olish zaruriyati tug'ilganda, abiturientlar Yagona portal orqali to'g'ridan-to'g'ri ariza yuborish orqali amalga oshirishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o'quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abiturientlar uchun hujjatlar to'plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko'ra, abiturientga buyurtma pochta orqali hujjatlar to'plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo'lgan pochta bo'limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

 "Abituriyentlarni hujjatlarni to'plamini qaytarib olish" interaktiv davlat xizmati reglamenti (hujjat rus tilida ko`rsatilgan)

DIQQAT!

Ushbu xizmatdan foydalanish www.my.gov.uzYagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali amalga oshiriladi.

Tizimdan foydalanish