MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

DEPARTMENT OF BIOMEDICAL ENGINEERING

Kafedra mudiri:
Nazarov Kamoljon Karimovich
Biologiya fanlari nomzodi
Telefon: +998 91 196-65-00
Qabul kunlari:
E-mail: 

 

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3153 son qarorida ko‘rsatilgan vazifalarining ijrosini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2017 yil 12 avgustdagi № 01/9-05-548 son buyrug‘i asosida universitetda “Biotexnologiya” kafedrasi tashkil etilgan.

2017/2018 o‘quv yilida kafedra 8.5 shtat birligida (2 ta professor, 4.25 ta dotsent, 0.5 ta katta o‘qituvchi, 1.75 assistent) jami 10 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 38 (o‘rindoshlik asosidagi professor-o‘qituvchilar bilan birga 37), ilmiy salohiyat 75%. Kafedrada 5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bo‘yicha talabalar tahsil oladi. 5320500-Biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishini tayyorlash universitetda 2011 yildan amalga oshirib kelinmoqda. Biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar 2011-2016 yillarda “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va servisi”kafedrasi, 2016-2017 o‘quv yilida “Qishloq xo‘jaligi texnikasi” kafedrasi tarkibi tayyorlanib kelingan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Biotexnologiya ixtisosliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash borasida etarlicha ilmiy maktabga ega muassasa hisoblanib, mazkur ixtisoslik bo‘yicha kafedrada ko‘p yillik ilmiy tajribaga ega olimlar faoliyat olib boradi.

Bugungi kunda “Biotexnologiya” kafedrasida biologiya fanlari doktori, professor M.M.Abdullaeva, biologiya fanlari doktori, dotsent S.G.SHerimbetov, biologiya fanlari doktori X.S.Narbaeva, texnika fanlari doktori SH.M.Mamatov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.E.Sattarov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent G.T.Abdullaeva, biologiya fanlari nomzodi K.K.Nazarov, biologiya fanlari nomzodi N.SH.Eshmurodova, assistenlar Z.T. Parpiev va G.I. Amanovalar faoliyat olib bormoqdalar. Bu ilmiy pedagog kadrlar qator yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining turli ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda biotexnologiya fanining turli sohalari ustida ilmiy izlanishlar olib borib, respublikamiz uchun fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashda bevosita qatnashib kelganlar. SHuningdek, ushbu ilmiy jamoa respublikamizda amalga oshirilayotgan ilmiy texnik loyihalarning bajarilishida ham salmoqli hissa qo‘shib, fundamental, amaliy va innovatsion loyiha rahbarlari va ishtirokchilari hisoblanadi.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Genomika va bioinformatika markazi hamda YUqori texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi, shuningdek, “Gold Dried Fruits Export” kompaniyasi, “Ittifoq” MCHJ, “INTER-ROXAT” AJ, “EVRO FOOD TRADE” AFJ bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘ygan.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi mahalliy va xalqaro konferensiyalarda o‘zlarining dokladlari bilan, innovatsion yarmarkalarda o‘zlarining ishlanmalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedrada 3 ta o‘quv qo‘llanma va 6 tadan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan.

Kontingent:

192

Talabalarning umumiy soni

192

Bakalavr yo‘nalishi:

5320500 — Biotexnologiya

Magistratura yo‘nalishi:

Kafedraning bakalavr o‘qitish bo‘yicha yo‘nalishi:

5320500 — Biotexnologiya

Kafedraning magistratura ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalishi:

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bugungi kunda “Biotexnologiya” kafedrasida biologiya fanlari doktori, professor M.M.Abdullaeva, biologiya fanlari doktori, dotsent S.G.SHerimbetov, biologiya fanlari doktori X.S.Narbaeva, texnika fanlari doktori SH.M.Mamatov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.E.Sattarov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent G.T.Abdullaeva, biologiya fanlari nomzodi K.K.Nazarov, biologiya fanlari nomzodi N.SH.Eshmurodova, assistent Z.T. Parpiev va assistent G.I. Amanova faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada olib borilgan ilmiy-metodik ishlar:

Ma’ruza matnlari, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, nazorat ishlari uchun testlar tayyorlanmoqda va nashr etishmoqda.

O‘quv jarayonlari uchun yangi pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga “aqliy hujum”, “klaster usuli”, “olti shlyapa usuli” kabi zamonaviy pedagogik manbalardan foydalanishmoqdalar.

Kafedra a’zolari tomonidan ma’ruzalar va seminarlar qo‘llash  uchun ilmiy yutuqlarning moddiy-texnik bazasi yaratilgan.  Ilmiy tadqiqot natijalari iqtidorli talabalar ishtirokida mahalliy nashrlar va ilmiy konferensiyalar to‘plamlarda chop etilmoqda.

So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan birqator monografiya va o‘quv o‘slubiy qo‘llanmalar, seminar darslari uchun o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, 150 dan ortiq maqolalar nashr etildi. Ziyonet saytida maqolalarning, o‘quv o‘slubiy qo‘llanmalarning, o‘quv uslubiy ko‘rsatmalarning elektron versiyasi joylashtirilgan.

Kafedra manzili:

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitetko‘chasi, 2-uy.

Ma’ruza matnlari:

Barcha mutaxassislik fanlarining ma’ruza mantlarini elektron va qog‘oz variantlari mavjud. Elektron versiyasi Ziyonet portaliga joylashtirilgan.

O‘quv va ilmiy laboratoriya xonalari haqida qisqacha ma’lumot:

O‘quv va ilmiy laboratoriya, kompyutersinfi mavjud. Kafedrada kutubxona, o‘quv va ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.

Nomi:

Muhandislik texnologiyalari fakulteti

«Biotexnologiya» kafedrasi

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.