MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

ФАКУЛЬТЕТ АВИАКОСМИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ

Dekan Abdujabarov Nuriddin Anvarovich
Texnika fanlari doktori
Telefon +99871 241-55-89
E-mail: n.abdujabarov@tdtu.uz

Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha
Dekan o’ribosari Abdurashidov Qobil Muminovich
Telefon +99871 241-55-89
E-mail: q.m.abdurashidov1@tdtu.uz

Qabul vaqti: Har kuni soat 09-00 dan 13-00 gacha

AVIAKOSMIK TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TARIXI

Aviakosmik texnologiyalar fakulteti O`zbekiston aviatsiya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultet 1956 yilda Toshkent Politexnika instituti qoshida tashkil etilgan. O`z faoliyati davomida Samolyotsozlik (1956 y.), Toshkent davlat aviatsiya instituti tarkibida Aviakosmik va Fuqaro aviatsiyasi (1995 y.), Toshkent davlat texnika universiteti tarkibida Aviatsiya (2008 y.) nomlari bilan faoliyat yuritgan. 2016 yilda fakultet o`z faoliyatini tugatgan va kafedralar boshqa fakultetlarda faoliyat ko`rsatgan. 60 yildan oshiq bo`lgan faoliyati davomida respublikamiz aviatsiya sohasiga 40 mingdan ziyod yuqori malakali kadrlar tayyorlagan.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Aviakosmik texnologiyalar fakulteti faoliyati 2019 yil fevral oyidan qayta tikladi.Havo kemalari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, parvozlarning radiotexnik ta’minoti, havodagi xarakatni boshqarish va tashki etish bo`yicha dispetcherlar, radioelektron sohaga mutaxassislar hamda sanoat mahsulotlari bo`yicha dizayner tayyorlash fakultet jamoasi oldiga qo`yilgan vazifalardan biridir.Fakultet bitiruvchilarining asosiy talabgorlari mamlakatimizing «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi, «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasi, respublika aeroportlari,  «Tashkent mexanika zavodi» AJ,  «Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi» DK, “ZANGORI EKRAN” AJ,  «Uzaeronavigatsiya» Markazi, dizaynerlik kompaniyalari va boshqalar.Aviakosmik texnologiyalar fakulteti soha bo`yicha ko`plab etakchi xorijiy oliygohlar bilan xamkorlik qilib kelmoqda. Bulardan Moskva davlat fuqaro aviatsiyasi texnika universiteti (Rossiya), Moskva aviatsiya instituti (milliy tadqiqot universitet) (Rossiya), Ulyanovsk fuqaro aviatsiyasi instituti (Rossiya), Milliy aviatsiya universiteti (Ukraina), Berlin texnika universiteti (Germaniya), Konkun universiteti (Janubiy Koreya) va boshqalar.

BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)

5310400 — Havo kemalaridan texnik foydalanish
5620200 — Havodagi xarakatni boshqarish
5350700 — Radioelektron qurilmalar va tizimlar (sohalar bo`yicha)
5150900 — Dizayn (sanoat)

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

5A310405 — Havo kemalari va aviadvigatellardan texnik foydalanish
5A620 201 — Havodagi xarakatni boshqarish va aeronavigatsiya
5А350703 — Radioelektron qurilmalar va aloqa vositalari
5A50901 — Dizayn (sanoat)

SIRTQI TA’LIM (BAKALAVRIAT) YO'NALISHLARI

5350700 — Radioelektron qurilmalar va tizimlar (sohalar bo`yicha)

KAFEDRALAR

Havo kemalari va jihozlarining texnik ekspluatatsiyasi
Aeronavigatsiya tizimlari
Radiotexnik qurilmalar va tizimlar
Sanoat dizayni

КАФЕДРЫ

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.